Sarkor yangi logotip va brend uslubini taqdim etdi
Sarkor kompaniyasi rebrending va korporativ uslubni yangilashni e’lon qiladi.
Yangi logotip kompaniyaning zamonaviy yondashuvini, uning texnologikligini, ishonchliligini va rivojlanishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
Yangilangan vizual identifikatsiya - bu deyarli 30 yil davomida telekommunikatsiya bozorida to‘plangan innovatsiyalar, sifat va ishonchni birlashtirgan va kompaniyaning yangi strategiyasiga mos keladigan yorqinroq va taniqli brend imijiga qo‘yilgan qadamdir.
Rebrending barcha yo‘nalishlarga ta’sir qiladi: sayt, korporativ resurslar, reklama materiallari, interfeyslar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish.
✓ Nimalar o‘zgardi:
Sarkorning yangi logotipi - nafis, ixcham, zamonaviy, innovatsionlik va mukammallikka intilishni aks ettiradi
Yangilangan brend ranglari: to‘q grafit, to‘q sariq va oq;
Kommunikatsiya va vizual bezatishning yagona uslubi.
Ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun barcha hamkorlar va mijozlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Siz bilan birgalikda Sarkor brendi ostida ishonchli raqamli yechimlarni yaratib, rivojlanishda davom etmoqdamiz.