Optik-tola aloqa liniyasi —optik-tola bazasida qurilgan istalgan masofalarda provayder tuguniga abonentning ulanishi uchun eng ishonchli va barqaror texnologiyadir. Home Ethernet tarmog‘i FTTB (Fiber to the building yoki «uyda optika») prinsipi bo‘yicha quriladi, ya'ni har bir uyga optik-tola kanal yotqiziladi, bu esa uzatilayotgan signalning elektrmagnit va radiochastota to‘siqlardan to‘liq himoya qiladi, yuqori tezlikda foydalanish imkonini beradi. Optik-tola aloqa liniyasi hisoblash tizimlaridan tortib, to katta masofalarda aloqa uchun tuzilmalargacha inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Bugungi kunda bu texnologiya telekommunkatsiya xizmatlarini ta'minlash uchun eng ommabop va samarali metod hisoblanadi.
ADSL (Asymmetric Digital Subscruber Line) — ovoz, video va yuqori tezlikdagi ma’lumotlar singari katta hajmli axborotlarni uzatish imkonini beradigan asimmetrik raqamli ulanish texnologiyasidir. ADSL texnologiyasi hozirgi vaqtda xDSL oilasining eng ilg‘or texnologiyasi hisoblanadi, u elektr kabel orqali bir yo‘nalishda (odatda, foydalanuvchi tomoniga) soniyasiga 8 Megabitgacha va boshqa yo‘nalishda soniyasiga 1,5 megabitgacha oqimlarni uzatadi. Uzatish chastota spektrining abonent oqimi foydasiga taqsimlanishi evaziga texnik asimmetriya amalga oshadi. ADSL uchun mavjud telefon kabelidan foydalaniladi. Amaldagi telefon liniyasi uchlariga maxsus moslamalar — splitterlar o‘rnatiladi: bittasi — ATSda, boshqasi — Abonent ofisida (xonadonida). Oddiy telefon va ADSL-modem abonent splitteriga ulanadi, u, bajarilishiga qarab, abonentning mahalliy tarmog‘i va provayderning chegara marshrutizatori o‘rtasida marshrutizator (router) yoki ko‘prik (bridge) funksiyalarini bajarishi mumkin. Bunda modemning ishlashi oddiy telefon aloqasidan foydalanishga mutlaqo halaqit bermaydi.
Xonadoningizga Home
Ethernet ulatish uchun Siz tarmoq qamrov hududida yashashingiz kerak. Agar
bizning hududimizdan tashqarida yashasangiz ham kayfiyatingizni tushirmang.
Yaqin kelajada biz qamrov hududini kengaytirish rejamiz bor. Ulanish
shartlarini o'qing va ularga rioya qiling. Tarif rejasini tanlang. Ulanish
uchun so'rov yuboring (onlaynda, sarkor.uz saytida) va hujjatlarni tayyorlang,
to'liq ro'yxat bu yerda. Ofisimizda kerakli hujjatlarni imzolash. Hujjatlarni
imzolash bilan bir vaqtda kerakli summani to’lang. 14 kundan ortiq kutilmaydi.
GPON boshqa texnologiyalardan muhim afzalliklarga ega:
• Yuqori tezlik (1 Gbit/s gacha). Hozirgi kunda GPON Sarkor
Telecom abonentlariga 100 Mbit/s gacha tezlikda foydalanish imkonini beradi.
Ushbu tezlik siz filmlarni bir necha daqiqada ajoyib sifatda yuklab olish
imkonini beradi.
• Universallik (shaxsiy optik kabel orqali bir
vaqtning o'zida bir nechta xizmatlarni olishingiz mumkin: Internet,
IP-telefoniya, IP-video kuzatuv va raqamli televideniya).
• Elektrdan to'liq avtonom.
Provayderingiz uskunasidan kvartirangizdagi GPON Wi-Fi routeriga doimiy elektr
ta'minoti kerak bo'lmaydi, shuning uchun shaharning elektr quvvati tarmog'ida o’zgarishlar
ta’sir qilmaydi!
31 dekabr 2019
yilgacha Sarkor Telecom MChJ QK foydalanuvchilariga GPON orqali Internetga
ulanish va bepul GPON Wi-Fi routerini
taqdim etish imkoniyatini beradi!
OLT (Optical
Line Terminal) optik liniya terminali. Abonent uskunasiga
(ONU) optik signal yuboradigan provayder tomonidan uskuna.
ONU (Optical
Network Unit) - optik signalni qabul qilib, uni elektr (va
aksincha) signalga o'zgartiradigan mijoz tomonida joylashgan qurilma va keyin
Wi-Fi orqali internetni boshqa qurilmalarga uzatadi. Qisqacha aytganda, bu simsiz
ravishda (mobil telefonlarni, planshetlarni yoki noutbuklarni ulash uchun) yoki
LAN kabeli orqali Internetga ulanish (kompyuterda Internetga ulanish, IPTV,
IP-kamera, va hokazo) uchun mo'ljallangan GPON Wi-Fi routeri.
GPON (Gigabit Passive Optical Network - Gigabit Passiv Optik Tarmoq) - bu zamonaviy
texnologiya bo'lib, foydalanuvchining interfaol tarmoq uskunasidan
foydalanmasdan optik tolali aloqa liniyasi orqali yuqori tezlikdagi Internetga
ulanish (soniyasiga 1 Gigabitgacha) imkonini beradi. OLT provayder tomonga
o'rnatiladi, ONU abonent tomoniga o'rnatiladi va ular orasida optik kabel
ulanadi.
Keyingi oyga abonent trafigi qoldig'i o'tmaydi. Eslatma: Ushbu shartga, "To'lov uchun bonus" aksiyasida olingan trafikka tegishli emas.
Shaxsiy Kabinet orqali har doim tarif rejasini bepul o'zgartirishingiz mumkin. Ushbu masalada sizga savdo bo'yicha menejerlar yoki call-markaz operatorlari yordam berishi mumkin.