O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq
Hurmatli abonentlar!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq, «Sarkor Telecom» savdo belgisi ostida ko'rsatiladigan Internet xizmatlari abonentlarga to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaganligi uchun to'xtatib turilmaydi.
Bepul internet, faqat 24 mart va undan keyin to'lov muddati tugagan abonentlar uchun amal qilinadi. Internet aloqasi tashqi resurslarga 256 Kbit/s tezlikda, ichki resurslarga 2 Mbit/s va Tas-ix tezlikda ta'minlanadi. Bepul internet huquqi 2020 yil 22-maygacha beriladi.
Internet xizmati uchun o'z vaqtida to'lovni amalga oshirgan taqdirda, tezlik amaldagi tarif rejasiga muvofiq ta'minlanadi.
Shuningdek sizga eslatib o'tmoqchimiz, «Sarkor Telecom» yangi mobil ilova orqali balansingizni to'ldirishingiz, xabarnomalar va yangiliklarni olishingiz mumkin. Ilovani havola orqali yuklab oling: https://bit.ly/2HKsWs7