Muhim xabar: korporativ bo‘lim g‘aznasi ko‘chib o‘tdi
Hurmatli korporativ mijozlar!
Buxgalteriya faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida sizlarni xabardor qilmoqchimiz.
Ilgari Bosh pochtamtda joylashgan, korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi g‘azna quyidagi manzildagi yangi ofisga ko‘chmoqda:
📍 Toshkent shahri, Markaz-6 (Ц-6), Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 97A-uy.
Xizmatlar uchun to‘lov yoki buxgalteriya masalalarini hal qilish maqsadida tashrif buyurishni rejalashtirganingizda, iltimos, ushbu o‘zgarishni inobatga oling.