Saytdan foydalanish shartlari
Ushbu qoidalar saytga tashrif buyuruvchi barcha foydalanuvchilarga tatbiq etiladi. Sayt materiallaridan foydanayotgan foydalanuvchi uhbu qoidalarga o‘z roziligini beradi. «Sarkor Telecom» MChJ QK kompaniyasi o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu qoidalar va ko‘rsatmalarni o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi. Ushbu qoidalar buzilsa, Kompaniya qoida buzuvchilarga nisbatan qonunda yo‘l qo‘yilgan vositalarni qo‘llashga haqli. Ushbu qoidalar Kompaniyaning hozirgi va kelgusi tashrif buyuruvchilariga tatbiq etiladi.

Kompaniya avvaldan xabar bermay turib, istalgan vaqt taqdim etiladigan dasturlar, xizmatlar va mahsulotni o‘zgartirishga haqli. Uchunchi shaxslar mahsuloti va xizmatlari manzili axborot maqsadida ko‘rsatiladi, bu Kompaniya ularni qo‘llab-quvvatlashini yoki tavsiya qilishini anglatmaydi.

SAYTDA TAQDIM ETILGAN BARCHA AXBOROT XATOLARGA EGA BO‘LISHI MUMKIN, ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARGA EGA BO‘LMASLIGI MUMKIN. KOMPANIYA VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI HECH QANDAY KAFOLAT BERMAYDI, SHU JUMLADAN CHEKLOVLARSIZ BOZOR TALABLARIGA MOS KELISHINI, MUAYYAN MAQSADLARDA FOYDALANISH UCHUN YAROQLILIGINI, QOIDA BUZILMASLIGINI KAFOLATLAMAYDI, FOYDALANISH YOKI SOTISH NATIJASIDA YUZAGA KELGAN KAFOLATLARNI BERMAYMAYDI. HATTO AGAR Sarkor Telecom VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI BUNDAY ZARARLAR KELTIRILISHI MUMKINLIGI TO‘G‘RISIDA OGOHLANTIRILGAN BO‘LSA-DA, KOMPANIYA VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI BIROR-BIR ZARARGA JAVOB BERMAYDI, SHU JUMLADAN CHEKLOVLARSIZ TOVARNI ALMASHTIRISH NATIJASIDA YO‘QOTILGAN FOYDA YOKI ZARAR, USHBU XIZMAT YOKI BOSHQA XIZMATLARDAN FOYDALANISH YOKI FOYDALANA OLMASLIK NATIJASIDA YUZAGA KELGAN ZARARLAR, AXBOROTDAN FOYDALANISH NATIJASIDA KELTIRILGAN ZARARLAR UCHUN JAVOB BERMAYDI.

Ushbu sayt uchinchi shaxslar saytlari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi o‘zini xavf ostiga solib, ushbu sayt bilan bog‘liq istalgan boshqa Internet-resursga o‘tadi; Kompaniya ushbu saytlarda keltirilgan axborot, ma’lumotlar, qarashlar, maslahatlar yoki arizalar aniqligi uchun javob bermaydi. Kompaniya foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida boshqa saytlar manzillarini keltiradi va bu Kompaniya ushbu saytlar mazmun-mohiyatini ma’qullashini anglatmaydi yoki buning uchun javob bermaydi.

Bu bilan Komaniya faqat notijorat maqsadlarida ushbu saytda Kompaniya tomonidan chop etilgan materiallardan nusxa ko‘chirish huquqini sizga beradi. Axborotdan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Shu munosabat bilan, saytning istalgan materiallaridan nusxa ko‘chirayotib, Siz barcha mualliflik huquqlarini va asl nusxaning tegishli belgilarini saqlashga rozi bo‘lasiz. Yuqorida ko‘rsatiganlardan tashqari, barcha qolgan xatti-harakatlar patent litsenziyasi yoki huquqlarini, savdo rusumini yoki Kompaniya yoki uchinchi shaxsning mualliflik huquqlarini bilvosita, qasddan yoki istalgan boshqacha tarzda o‘zlashtirib olish sifatida talqin qilinadi.

USHBU SAYTDAGI BARCHA AXBOROTLAR MUALLIFLIK HUQUQLARI BILAN HIMOYALANGAN. YUQORIDA KO‘RSATILGAN HOLATLARDAN TASHQARI, USHBU AXBOROT Sarkor Telecom’ning OLDINDAN YOZMA RUXSATINI OLMAY TURIB, HECH BIR SHAKLDA, HECH BIR VOSITALARSIZ TASVIRLANISHI MUMKIN EMAS. TASHRIF BUYURUVCHILAR VA FOYDALANUVCHILARNING IJTIMOIY YOKI TIJORAT MAQSADLARIDA SAYT MATERIALLARINI O‘ZGARTIRISHI, TARQATISHI, CHOP ETISHI TAQIQLANADI.