Savol-javoblar
Mavzular bo'yicha ko'p so'raladigan savollar
Barcha mavzularni ochish
  • Home Ethernet
    • Home Ethernet nima?
      Optik-tola aloqa liniyasi —optik-tola bazasida qurilgan istalgan masofalarda provayder tuguniga abonentning ulanishi uchun eng ishonchli va barqaror texnologiyadir.
      Home Ethernet tarmog‘i FTTB (Fiber to the building yoki «uyda optika») prinsipi bo‘yicha quriladi, ya'ni har bir uyga optik-tola kanal yotqiziladi, bu esa uzatilayotgan signalning elektrmagnit va radiochastota to‘siqlardan to‘liq himoya qiladi, yuqori tezlikda foydalanish imkonini beradi. Optik-tola aloqa liniyasi hisoblash tizimlaridan tortib, to katta masofalarda aloqa uchun tuzilmalargacha inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Bugungi kunda bu texnologiya telekommunkatsiya xizmatlarini ta'minlash uchun eng ommabop va samarali metod hisoblanadi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Qanday ulanish mumkin?

      Home Ethernet tarmog‘iga ulanish uchun::

      1. Tarmoq xizmat doirasida istiqomat qilish kerak. Agar siz xizmat doiramizdan tashqarida yashasangiz, xafa bo‘lmang. Yaqin kelajakda Toshkent shahri bo‘ylab xizmat doirasini kengaytirish rejalarimizga kiritilgan.
      2. Ulanish shartlari bilan tanishib chiqishi va ularga mos kelishi kerak.
      3. Tarif rejani tanlashi kerak.
      4. Ofislarimizning birida zarur hujjatlarni imzolashi kerak. Birinchi oy uchun ulanish narxi va abonent to‘lovini to‘lashi kerak.
      5. Ko‘pi bilan 14 kun kutishi kerak.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men hisobni to‘ldirdim, hisobimga esa u tushgani yo‘q. Nima uchun?

      Abonent to‘lovi tushgan va hisobingizda pul qolmagan bo‘lishi mumkin, barcha to‘langan pullar avvalgi qarzni to‘lashga ketgan bo‘lishi mumkin. O‘zingizning moliyaviy tarixingizni tekshiring yoki texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga murojaat qiling.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Sizning ofisingizda Ethernet-modem sotib olsa bo'ladimi?
      Yo‘q, hech qanday moslamani doimiy foydalanish uchun bizdan xarid qilib bo‘lmaydi. Ulanganda shartnoma amalda bo‘lgan vaqtda vaqtinchalik foydalanish uchun modemlar beriladi. Ixtisoslashgan tarqatuvchida yoki savdo nuqtasida tarmoq uskunasini xarid qilishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisobni to‘ldirish uchun qayerdan Internet-karta xarid qilishim mumkin?
      Internet-kartalar joriy hisobni to‘ldirishga mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 5 000 so‘m, 10 000 so‘m, 15000 so‘m, 20 000 so‘mlik kartalar mavjud. Toshkent pochtasi, «Kontinent» SKM binosida joylashgan bosh ofisimiz kassasida yoki kompaniyaning dilerlaridan birida kartalarni xarid qilish mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisobimdagi mablag‘ tugagani haqida oldindan meni ogohlantirishadi?
      Agar sizda domenе xnet.uz domenida (ADSL va Home Ethernet abonentlari uchun) yoki sarkor.uz domenida pochta manzili bo‘lsa (dial-up abonentlari uchun), u holda tizimimiz agar hisobda 5 dollardan kam mablag‘ qolsa, ko‘rsatilgan qutilarga avtomatik xabarlar va agar hisobda 2 dollardan kam mablag‘ qolsa, yana bir xabar yuboradi. Bundan tashqari, siz o‘z Shaxsiy kabinetingizdagi o‘z hisobingiz haqida axborot olishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Tarif rejani almashtirmoqchiman. Buni qanday amalga oshirish mumkin?
      Qoidalarimizga muvofiq tarif rejalarni korporativ Mijozlar uchun taqvim oyi boshida, ya'ni tarifni almashtirishdan 5 kun avval oldindan ariza bo‘yicha 1 sanadan va jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun o‘rnatilgan sanadan boshlab almashtirish mumkin. ADSL-texnologiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar shuningdek Shaxsiy kabinetdan tarif rejani almashtirishlari mumkin. Tarif reja bepul almashtiriladi. Yagona sharti — tarif reja almashtirilgan sanada hisobdagi mablag‘ yangi tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi hajmiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Server ulanmayapti. Parol noto‘g‘ri kiritilgan va hokazolar demoqda. Nima qilishim kerak?

      Mumkin bo‘lgan sabablari:

      • Foydalanuvchi ismi grafasida loginingiz (foydalanuvchi ismi) yoki ulanish darchasida parolingiz noto‘g‘ri terilgan bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi ismi va parolni qaytadan kiriting va qaytadan urinishga urinib ko‘ring. 
      • Hisobingizda mablag‘ tugagani yoki abonent to‘lovingizning amalda bo‘lish muddati tamom bo‘lgan. Shaxsiy kabinetda siz hisobingizda qancha mablag‘ qolganini tekshirishingiz mumkin.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisob va trafikni qanday kuzatish mumkin?
       Kompaniyaning www.sarkor.uz saytidagi Shaxsiy kabinetda. Biz kompaniya yangiliklaridan va oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun uniga tez-tez tashrif buyurishni tavsiya etamiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Viruslar, troyanlar va buzib kirishlardan qanday himoya qilish mumkin?
       Valid IP-manzil bilan Internet tarmog‘ida doimiy ulanishda eng yaxshi antivirus bazalariga ega eng yaxshi antivirusning bo‘lishi yetarli emas. Biz taklif etgan tavsiyalarga rioya qiling — bu kompyuteringizni viruslar, troyanlar, buzib kirishlardan himoya qilish imkonini beradi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Keyinchalik tarif rejamni almashtirsam bo'ladimi?
       Ha, albatta. Buni shaxsiy kabinetda amalga oshirish mumkin. Tarif rejasini almashtirish bepul.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Axborot uzatish real tezligi nimaga bog‘liq? Tezlik
      • Birinchi navbatda serverga yoki siz tashrif buyurgan Internet saytiga qancha odam ulanganiga bog‘liq.
      • Tarif rejangizda nazarda tutilgan tezlik chekloviga bog‘liq.
      • Tashqi kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liq.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Kompyuterimga qanday talablar qo‘yilgan?
       Siz quyidagilarga ega deyarli istalgan kompyuterdan foydalanishingiz mumkin:
      • Ethernet 10Base-T interfeysli tarmoq kartasi.
      • Windows 98/2000/XP/NT/Vista yoki Mac OS operatsion tizimi.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Bir vaqtda ham telefondan, ham Internetdan foydalana olamanmi?
       Hа. Internetga ulanish va telefonda suhbatlashish bir-biri bilan bog‘lanmagan.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisobimda qancha mablag‘ qolganini qayerdan ko‘rsam bo‘ladi?
       Shaxsiy kabinetda hisobingizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol kerak, xizmatga ulanganda ular Sizga taqdim etiladi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Menda barcha dasturlar ishlaydimi? Abonentlar uchun TCP/IPda biror-bir cheklov bormi?
       Barcha ommabop ilovalar ishlaydi: ICQ, IRC, Skype, Jabber va hokazolar. Hech qanday cheklovlar yo‘q.
      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar bu oyda mening abonent to'lovim oyning ohirgi kuni yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovim qachon hisobdan yechiladi?

      Abonent to'lovi yechilgan kundan qat'iy nazar, keyingi abonent to'lovi ushbu oyda qancha qancha kun bo'lsa, shuncha kundan so'ng yechiladi.

      Masalan 1. Agar abonent to'lovi 31 yanvarda yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 2 mart kuni yechiladi. ( yanvar oyi 31 kunlik)

      Masalan 2. Agar abonent to'lovi 28 fevralda da yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 28 mart kuni yechiladi. ( fevral oyi 28 kunlik)

      Masalan 3. Agar abonent to'lovi 30 aprelda yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 30 may kuni yechiladi. ( aprel oyi 30 kunlik)

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
  • ADSL
    • ADSL nima?

      ADSL (Asymmetric Digital Subscruber Line) — ovoz, video va yuqori tezlikdagi ma’lumotlar singari katta hajmli axborotlarni uzatish imkonini beradigan asimmetrik raqamli ulanish texnologiyasidir.

      ADSL texnologiyasi hozirgi vaqtda xDSL oilasining eng ilg‘or texnologiyasi hisoblanadi, u elektr kabel orqali bir yo‘nalishda (odatda, foydalanuvchi tomoniga) soniyasiga 8 Megabitgacha va boshqa yo‘nalishda soniyasiga 1,5 megabitgacha oqimlarni uzatadi. Uzatish chastota spektrining abonent oqimi foydasiga taqsimlanishi evaziga texnik asimmetriya amalga oshadi.

      ADSL uchun mavjud telefon kabelidan foydalaniladi. Amaldagi telefon liniyasi uchlariga maxsus moslamalar — splitterlar o‘rnatiladi: bittasi — ATSda, boshqasi — Abonent ofisida (xonadonida). Oddiy telefon va ADSL-modem abonent splitteriga ulanadi, u, bajarilishiga qarab, abonentning mahalliy tarmog‘i va provayderning chegara marshrutizatori o‘rtasida marshrutizator (router) yoki ko‘prik (bridge) funksiyalarini bajarishi mumkin. Bunda modemning ishlashi oddiy telefon aloqasidan foydalanishga mutlaqo halaqit bermaydi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Qanday ulanish mumkin?

      1. Tarmoq xizmat doirasida istiqomat qilish kerak.

      Sizning yashash manzilingiz tarmoq xizmati doirasiga kirishi yoki yo'qligi haqidagi ma'lumotni, siz bizning Boshpochtamt binosida joylashgan ofisimizdan bilib olishingiz mumkin.

      Agar siz bizning xizmatlarimiz amal qiladigan doiradan tashqarida istiqomat qilsangiz, bizga maktub yozing va biz albatta sizning ma’lumotlaringizni bazada saqlaymiz. Biz bir joyda to‘xtab turmaymiz, yaqin kelajakda xizmat doirasini kengaytirish rejalashtirilgan va sizning tumaningiz keyingisi bo‘lishi shubhasiz!

      2. Boshpochtamt binosida joylashgan ofisimizga kerakli hujjatlar bilan tashrif buyurishingiz va tarif reja tanlab, ulanish uchun ariza shaklini to'ldirishingiz lozim. Agar siz bizning saytimiz orqali ulanish uchun ariza bergan bo'lsangiz, u holda ulanish imkoniyatini tasdiqlanishini kutib turing (arizada ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali 3 kun mobaynida bog‘lanamiz).

      3.Ofislarimizda zarur hujjatlarni imzolang. Imzolangan hujjatlar bilan birga arizaga muvofiq dastlabki zarur bo‘lgan summani to‘lang.

      4. Uzog‘i bilan 6 ish kuni kutish lozim. Liniya ulangach, biz bu haqda xabar qilamiz va so‘ng tarmoqqa kirish mumkin (ko‘rsatmalarga muvofiq ulanishni sozlab yoki mutaxassisimizning uyingizga pulli tashrifidan foydalanib). Shu vaqtdan boshlab xizmatlar narxlana boshlaydi va siz eXtreme tarmog‘i abonenti hisoblanasiz.

      Tarmoqqa birinchi muvaffaqiyatli ulanishdan so'ng hizmatlar tarifikatsiyasi boshlanadi va shu ondan boshlab siz "Sarkor Telecom" abonenti hisoblanasiz.


      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisobni to‘ldirish uchun qayerdan Internet-karta xarid qilishim mumkin?
      Internet-kartalar joriy hisobni to‘ldirishga mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 5 000 so‘m, 10 000 so‘m, 15000 so‘m, 20 000 so‘mlik kartalar mavjud. Toshkent pochtasi, «Kontinent» SKM binosida joylashgan bosh ofisimiz kassasida yoki kompaniyaning dilerlaridan birida kartalarni xarid qilish mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Nima uchun boshqa Toshkentning ba'zi provaydrlarining shunga o‘xshash xizmatiga nisbatan "eXtreme" narxi baland?
      Hammasi nisbiy. Kompaniyamiz nafaqat bevosita xizmatga, balki kompleks servis, eng turfa xil qo‘shimcha xizmatlar, utilitlar va hokazolarga katta ahamiyat beradi. Bularning barchasi narxdagi farqni keltirib chiqaradi. Agar diqqat bilan tahlil qilsak, u holda u qadar baland emas. Abonent to‘lovi va limitdan ortgan 1 Mb narxidan tashqari Abonent to‘lovi doirasida soni tobora ortib borayotgan ichki servislardan foydalanish imkoniyatiga e'tibor qaratish zarur. Amalda, eXtreme abonenti bir oyda 15$ (va undan yuqori) evaziga cheksiz kanalga ega bo‘ladi, chunki tarmoq ichidagi trafik hech ham cheklanmaydi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men 2 dollar to‘lashim kerak, lekin kartochkaning minimal narxi 5 000 so‘m. Nima qilay?
      5 000 so‘mlik kartochkani xarid qiling va uning yordamida hisobingizni to‘ldiring. Pullaringiz yo‘qolib qolmaydi, boz ustiga dollar ekvivalentida hisobga yoziladi va kurs o‘zgarishi unga ta'sir qilmaydi!

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisobimdagi mablag‘ tugagani haqida oldindan meni ogohlantirishadi?
      Agar sizda domenе xnet.uz domenida (ADSL va Home Ethernet abonentlari uchun) yoki sarkor.uz domenida pochta manzili bo‘lsa (dial-up abonentlari uchun), u holda tizimimiz agar hisobda 5 dollardan kam mablag‘ qolsa, ko‘rsatilgan qutilarga avtomatik xabarlar va agar hisobda 2 dollardan kam mablag‘ qolsa, yana bir xabar yuboradi. Bundan tashqari, siz o‘z Shaxsiy kabinetingizdagi o‘z hisobingiz haqida axborot olishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar vaqtida Abonent to‘lovini to‘lamasa nima bo‘ladi?

      Agar to‘lov kuni abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli pul bo‘lmasa, Internetdan foydalanib bo‘lmaydi.

      Agar Siz tarif rejangizga qarab, hisobingizni to‘liq hajmda abonent to‘lovi uchun yetarli summaga to‘ldirgan bo‘lsangiz, hisob to‘ldirilgan kunda abonent to‘lovi olinadi, ushbu kun to‘langan yangi sana deb belgilanadi. Tegishli ravishda tarif rejangizga qarab, abonent to‘lovi olingan kundan boshlab bir oy davomida (30 kun) Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati beriladi.

      Agar Siz abonent to‘lovidan kamroq summa to‘lagan bo‘lsangiz, u holda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, ya’ni Internetdan foydalana olmaysiz.

      Abonent blokirovka bo‘lgandan 30 kun o‘tib ketmay, hisobini to‘liq abonent to‘lovi summasiga to‘ldirmagungacha aktiv abonent hisoblanmaydi. 30 kunlik muddat tugaganidan keyin kompaniya qarz va berilgan uskunani qaytarishni so‘rab, bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilishga haqli.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Menda raqamli liniya bor va men telefon suhbatlari vaqti uchun haq to‘layman. Internet ADSL texnologiyasi bo‘yicha mening telefon stansiyam ish vaqti (ulanish) uchun menga to‘lov yozadimi?
      Yo‘q. Telefon stansiyasi ulanish uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov yozmaydi! Dial-up texnologiyasidan farqli ravishda ADSL texnologiyasi Internetga ulanish uchun telefon stansiyalari uskunasidan foydalanmaydi, xonadondan stansiyasigacha yotqizilgan jismoniy liniyadangina foydalaniladi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Qanday holatlarda va qanday miqdorda men to‘lagan pullarimni qaytarishim mumkin?

      1. Agar shartnoma imzolangach va dastlabki badal to‘langach, biror-bir sababga ko‘ra biz sizni ulay olmasak, pul mablag‘lari to‘liq hajmda qaytariladi.
      2. Agar siz o‘z xohishingiz yoki Provayder aybisiz xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘qligi tufayli shartnomani bekor qilsangiz, shartnoma bekor qilingan vaqtda hisobda qolgan mablag‘ qaytarib beriladi. Bu vaqtgacha hisobdan olingan mablag‘lar qaytarib berilmaydi.
      3. Agar siz Provayder aybi bilan xizmat ko‘rsatishning imkoni yo‘qligi sababli shartnomani bekor qilsangiz, biz bizning aybimiz bilan aloqa yo‘qolgan vaqtda hisobingizda bo‘lgan mablag‘ni, shu jumladan (bizning aybimiz bilan aloqa yo‘qligi davrida) hisobdan olingan abonent to‘lovini sizga qaytaramiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Mening ATSim orqali «Sarkor Telecom» Internetiga ulanishim mumkinmi?
      Agar sizga xizmat ko‘rsatadigan ATS mavjud tugunlar ro‘yxatida bo‘lsa, u holda siz ulanishingiz mumkin. Biroq telefon raqami liniyaning tegishli ATSga mansubligini bildirmaydigan holatlar bo‘ladi, masalan, stansiyalararo liniyalar: unda raqam bir ATSdan berilsa, liniya boshqa ATSga tegishli bo‘ladi. Shu sababli biz oldindan yozilgan ariza bo‘yicha raqamingizni tekshirgandan so‘nggina yakuniy javob berishimiz mumkin. Agar sizning АТS amaldagi tugunlar ro‘yxatiga kirmasa, siz baribir ariza berishingiz mumkin. Biz raqamni tekshirib ko‘ramiz va yaqin vaqt ichida ulanish mumkinligi haqida yakuniy javob beramiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Prays-listda shartnoma amalda bo‘lgan vaqtda Abonentga ADSL-modem bepul berilishi yozilgan. Modem uchun javobgar bo‘lamanmi?
      Shartnoma shartlariga ko‘ra, Abonent hujjatda ko‘rsatilgan summa hajmida uskuna hujjati bo‘yicha yetkazilgan zarar/yo‘qotib qo‘yish uchun moddiy javobgar bo‘ladi. Biroq amaliyotda agar modem bilan ehtiyotkor muomalada bo‘lsa, ular kamdan-kam holatlarda ishdan chiqadi, shu sababli bu haqda qayg'urishning hojati yo‘q.

      Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish zarur: tashlab yubormang, bosmang, qizitmang (quyoshda), muzlatmang, ochmang, proshivkasiga teginmang va hokazo. Shartnoma bekor qilinsa, Abonent modemni Provayderga qaytarishi shart.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Arizam sayt orqali/ofisda/telefonda rasmiylashtirildi. Endi nima qilishim kerak?
      Agar siz sayt orqali ariza yuborgan bo‘lsangiz: siz ko‘rsatgan manzilga ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qioinganligi haqida xabar keladi va 3–5 ish kunidan keyin ko‘rsatilgan raqam bo‘yicha menejerlarimiz siz bilan bog‘lanadi va tekshiruv natijasini va keyingi xatti-harakatlar rejasini xabar qilishadi. Agar ariza telefon orqali yoki ofisda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 3-5 ish kuni ko‘rsatilgan telefon raqamida sizga qo‘ng‘iroq qilishlarini kuting.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men shartnoma tuzdim va barcha dastlabki badallarni to‘ladim. Internet ishlashi uchun nima qilishim kerak?
      Shartnoma shartlariga ko‘ra, ulanishga haq to‘langan kundan boshlab 14 kun ichida tarmoqqa ulanasiz. Biroq biz sizning tezroq ulanishingizdan manfaatdormiz va bu jarayonni tezlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Ulanish — bu ancha murakkab va ko‘p omilli jarayondir: GTS bilan bir nechta bitim tuziladi, liniyalar moslamamizga jismoniy o‘tkaziladi, testlar o‘tkaziladi, o‘lchanadi, profilaktika ishlari o‘tkaziladi — bularning barchasi bir qancha vaqt oladi. Shu sababli biz sizning to‘g‘ri tushunishingizga va bardoshingizga umid qilamiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Menga qaysi IP-manzil ajratiladi va qancha muddatga ajratiladi? Statik IP-manzil olish mumkinmi?
      Serverimiz sizga har bir ulanishda har xil valid (talablarga mos keladigan) dinamik IP-manzil beradi. Bir sessiyaga bitta IP-manzil beriladi. Biz uyda foydalanish uchun statik IP-manzil taqdim etmaymiz. Statik IP-manzilni bittadan ortiq bo‘lmagan hajmda Internetdan korporativ foydalanish uchun beramiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Tarif rejani almashtirmoqchiman. Buni qanday amalga oshirish mumkin?
      Qoidalarimizga muvofiq tarif rejalarni korporativ Mijozlar uchun taqvim oyi boshida, ya'ni tarifni almashtirishdan 5 kun avval oldindan ariza bo‘yicha 1 sanadan va jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun o‘rnatilgan sanadan boshlab almashtirish mumkin. ADSL-texnologiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar shuningdek Shaxsiy kabinetdan tarif rejani almashtirishlari mumkin. Tarif reja bepul almashtiriladi. Yagona sharti — tarif reja almashtirilgan sanada hisobdagi mablag‘ yangi tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi hajmiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men uyga "eXtreme" tarifini  ulamoqchiman, biroq shartnomani yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirishni va pul o‘tkazish orqali to‘lashni xohlardim. Buni amalga oshirsa bo‘ladimi?
      Yo‘q. "eXtreme" xizmati faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi, shartnoma faqat jismoniy shaxs nomiga tuziladi, liniya faqat jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Liniyamda blokirator turibdi. Ulanishim mumkinmi?
      Yo‘q, blokirator bo‘lsa, ulanish mumkin emas.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Server ulanmayapti. Parol noto‘g‘ri kiritilgan va hokazolar demoqda. Nima qilishim kerak?

      Mumkin bo‘lgan sabablari:

      1. Foydalanuvchi ismi grafasida loginingiz (foydalanuvchi ismi) yoki ulanish darchasida parolingiz noto‘g‘ri terilgan bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi ismi va parolni qaytadan kiriting va qaytadan urinishga urinib ko‘ring.
      2. Hisobingizda mablag‘ tugagani yoki abonent to‘lovingizning amalda bo‘lish muddati tamom bo‘lgan. Shaxsiy kabinetda siz hisobingizda qancha mablag‘ qolganini tekshirishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • "eXtreme" xizmati tarif rejada ko‘rsatilgan ko‘chirish tezligiga kafolat beradimi?
      Bunda Internet muayyan tugunidan boradigan tezlikni va ADSL-kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini farqlash kerak. Kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyati — bu sizning modemingiz va bizning ADSL-portimiz o‘rtasidagi tezlikdir — biz bu tezlikka kafolat beramiz. Internetdagi biror-bir tugungacha ko‘chirish tezligi ko‘plab tashqari omillarga bog‘liq, shu sababli biz unga 100% kafolat bera olmaymiz. Biroq amaliyitda ko‘chirish tezligi, odatda, kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga muvofiq keladi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisob va trafikni qanday kuzatish mumkin?
      Kompaniyaning www.sarkor.uz saytidagi Shaxsiy kabinetda. Biz kompaniya yangiliklaridan va oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun uniga tez-tez tashrif buyurishni tavsiya etamiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Shaxsiy kabinetingiz sizning mahalliy dasturingiz ko‘rsatmalariga mos kelmasa nima qilish kerak?

      Serverimiz sizni aldamaydi va noto‘g‘ri hisoblamaydi, ortiqcha mablag‘ni qo‘shib yozmaydi. Butun trafik IP bo‘yicha hisoblanadi.

      Bunday farq sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Aniq sababini topish uchun siz biz tavsiya etgan dasturlardan biridan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Agar siz boshqa dasturlardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, dasturingiz butun trafikni, ya’ni barcha portlar bo‘yicha trafikni o‘qishiga ishonch hosil qiling. Trafik o‘tayotgan logik portlar soni minglab topiladi. Har bir Internet-ilova biror-bir alohida portlardan foydalanadi. Trafikni hisob-kitob qilish dasturi esa ko‘pincha HTTP va FTP asosiy portlar bo‘yicha trafikni hisoblaydi.

      Agar farq kichik bo‘lsa (1–3%), u holda bu bizning modemimiz va bizning moslamamiz o‘rtasidagi xizmat trafigi bo‘lishi mumkin (paketlar nomi, sinxronlashtirish va hokazolar).

      Va eng asosiysi — Internet tarmog‘idan portlar skanirlanishini va oxirgi vaqtda u ancha ommaviy xususiyatga egaligini hisobga olish zarur. Biz qulfbuzar o‘g‘rilar yoki viruslar tomonidan skanirlanayotgan eng faol portlarni yopib qo‘yamiz, shu sababli ushbu portlardagi parazit trafik kompyuteringizgacha yetib bormaydi va uni zararlamaydi. Shu sababli mahalliy dastur ushbu trafikni ko‘ra olmaydi. Serverimiz faqat IP bo‘yicha butun trafikni hisoblab chiqadi va muayyan faol sessiya vaqtida sizning IPga skanirlash trafigi sizning hisobingizga yoziladi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Prays-listda bepul chiquvchi trafik hajmi cheklangani yozilgan. Bu shundaymi? va buni qanday tushunish mumkin?
      Ha. Uydagi kompyuterdan Internetda normal ishlaganda (Abonentdan) chiquvchi trafikning kiruvchi trafikka nisbati hatto 1:3 dan ortmaydi. Biz 1:1 nisbatida cheklaymiz, bu esa 1:3 nisbatidan ancha ko‘p. Bu chiquvchi trafik hajmi kiruvchi trafik hajmidan oshmasligi kerakligini bildiradi va o‘shanda butun chiquvchi trafik bepul bo‘ladi. Odatda, agar kompyuterda virus bor bo‘lsa, Internetda hosil bo‘ladigan faol chiquvchi trafik bo‘lsa yoki juda nostandart maqsadlarda Internetdan foydalanilsa — kompyuterdan Internetga katta ma'lumotlar yetkazib berilsa (masalan, Internet tarmoqqa videofilmlar yoki musiqa joylashtirilsa), chiquvchit trafik hajmi kiruvchi trafik hajmidan ortiq bo‘ladi. Barcha qolgan holatlarda tarmoqda normal, standart ishlaganda kiruvchi trafik har doim chiquvchi gtrafikdan ancha ortiq bo‘ladi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Viruslar, troyanlar va buzib kirishlardan qanday himoya qilish mumkin?
      Valid IP-manzil bilan Internet tarmog‘ida doimiy ulanishda eng yaxshi antivirus bazalariga ega eng yaxshi antivirusning bo‘lishi yetarli emas. Biz taklif etgan tavsiyalarga rioya qiling — bu kompyuteringizni viruslar, troyanlar, buzib kirishlardan himoya qilish imkonini beradi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Kompyuterda trafikni mahalliy nazorat qilish mumkinmi?
      Hа, buning uchun biz maxsus dasturlardan foydalanishni tavsiya etamiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Puli to‘lanmaganligi uchun Internet o‘chirib qo‘yilsa, telefon ishlayveradimi?
      Hа, telefon ishlayveradi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar telefonim puli to‘lanmaganligi tufayli o‘chirib qo‘yilsa, Internet ishlayveradimi?
      Nazariy jihatdan ishlayveradi. Biroq amaliyotda har doim ham bunday emas. Liniyangizni doiradan jismonan o‘chirishlari mumkin va unda telefon ham, Internet ham ishlamaydi. Odatda, raqamli (yettixonali) stansiyalarda Internet ishlashda davom etadi, analog (oltixonali) stansiyalarda ishlamaydi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Ishlatilmagan trafik hajmi keyingi oyga o‘tadimi?
      Yo‘q, ishlatilmagan trafik hajmi keyingi oyga o‘tmaydi.


      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar tarmoqqa ulansa-da hech narsa ochilmasa, nima qilish kerak?

      Sababini aniqlang va ko‘rsatmalarimizga rioya qiling:

      1. Siz tarmoqqa test logini va paroli bilan kirayotgan bo‘lishingiz mumkin. Internetga ulanish uchyun siz ishga tushiradigan ulanish darchasidagi Foydalanuvchi ismi va Parol maydonlarida test ulanish logini va paroli emas, sizning ro‘yxatdan o‘tgan loginingiz va parolingiz ko‘rsatilganiga ishonch hosil qiling.
      2. Sizning kompyuteringizga o‘rnatilgan antivirus va himoya dasturlari noto‘g‘ri sozlangan bo‘lishi mumkin. Ulanish blogi va web-sahifalarning ochilmasligi noto‘g‘ri sozlangan antivirus tizimlar, ayniqsa brandmauzerlar deb ataladigan himoya dasturlari ishining natijasi bo‘ladi. Bunday turdagi muammoni hal qilish uchun bizning texnik ko‘magimizga murojaat qiling.
      3. Kompyuteringiz sizning trafigingizni to‘suvchi virus yoki zararli dastur bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. O‘z antivirusingiz bazasini yangilang va kompyuterda viruslar borligini tekshiring.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Qanday holatlarda tarmoqdan foydalanish to‘xtatiladi?
      Hisobingizni diqqat bilan nazorat qilish juda muhimdir. Hisobingizda 0,5 dollardan kam mablag‘ qolsa, tarmoqqa ulanish to‘xtatiladi. Ayniqsa hisobingizda abonent to‘lovi hajmidan 1 dollarga ko‘p summa qolganda abonent to‘lovi olinayotgan vaqtda uni nazorat qilish muhimdir. Aks holda abonent to‘lovi olinadi, hisobda 0,5$ dan kam mablag‘ qoladi va tarmoqqa ulanish uzib qo‘yiladi!

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar telefon liniyasi bilab bog‘liq muammi bo‘lsa, Internet ham, telefon ham ishlamasa, nima qilish kerak? Bunday holatda Internet uchun Abonent to‘lovi hisoblanadimi?
      Hа. Abonent to‘lovi olinadi. Telefon liniyalari bilan bog‘liq muammolarda bizning aybimiz yo‘q. Uzilishlar, ivib ketish, ta'mirlash ishlari vaqtida tasodifiy zarar yetkazish, bir qancha simlar qatnovi va hatta mis kabellarni o‘g‘rilash shular jumlasidandir. Bunda biz shunchaki uzilish, zarar yetishi, sim aloqasi kabi ba'zi holatlarda tiklash ishlarini tezlashtirishga yordam berishimiz mumkin. Biroq bunday muammolarning tezlikda hal etilishini kafolatlay olmaymiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Sarkor Telecom tarmog‘iga ulanganda nimaga ega bo‘lishingiz mumkin?

      Siz quyidagilarga bepul ega bo‘lasiz:

      30 megabaytlik login@xnet.uz elektron pochta qutisi. Ham web IF, ham РОР3 orqali qutidan foydalana olasiz!
      2. http://login.xnet.uz manzilidagi bizning web-serverimizda 40 megabaytlik Shaxsiy HTTP papkasi! Sarkor tarmog‘ida ushbu servislar bilan ishlashda butun trafik tarmoq ichidagi bepul trafik hisoblanadi! Biroq yodda tutish zarur: Sarkor Tarmog‘idan foydalanishda asosiy login o‘chirilishi bilan birga ushbu servislardan foydalanish to‘xtatiladi (haqi to‘lanmasa va hokazolar).

      Pochta qutisi va xostingga abonent bo‘limida og‘zaki yoki yozma so‘rov bo‘yicha ega bo‘lish mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Siz menga buzuq modem berdingiz va menda internet ishlamayapti.
      Agar modem haqiqatdan ham buzuq bo‘lsa, u holda sotuv bo‘limida almashtirish mumkin. Bizning muhandisimiz yoki texnik qo‘llab-quvvatlash xodimimiz uning nosozligini tasdiqlashi mumkin, siz 122-00-00 raqami orqali STPga murojaat qilishingiz zarur.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men kecha hisobni to‘ldirdim, hisobimga esa u tushgani yo‘q. Nima uchun?
      Abonent to‘lovi tushgan va hisobingizda pul qolmagan bo‘lishi mumkin, barcha to‘langan pullar avvalgi qarzni to‘lashga ketgan bo‘lishi mumkin. O‘zingizning moliyaviy tarixingizni tekshiring yoki texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga murojaat qiling.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Trafigim qani, axir men hech narsa ko‘chirganim yo‘q-ku?
      Trafik Internet-serfingada (Internet-sahifalar tinimsiz ochilganda) sarflanadi, agar sahifalar tasvirlar, flash-elementlar va hokazolardan iborat bo‘lsa, u holda trafik tezroq sarflanadi. Bunday holatlarda trafik sarflanishini puxta nazorat qilish va hisoblab chiqish uchun shaxsiy kompyuteringizda trafikni hisob-kitob qilish dasturini o‘rnatishni tavsiya etamiz. Bunday dasturlarni sozlash bo‘yicha maslahat olish uchun siz texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Nima uchun go‘shak ko‘tarilganda telefon ishlamay qolyapti?
      Telefon liniyasiga splitter (chastota taqsimlagich/filtr) ulanmagan bo‘lishi mumkin yoki splitter ulanmagan telefon apparatlari bor bo‘lishi mumkin yoki telefon liniyasi holati qoniqarsiz bo‘lishi mumkin — o‘ralib qolgan bo‘lishi yoki shikastlangan bo‘lishi mumkin. Muammo sabablarini yo‘q qilish bo‘yicha tavsiyalar olish uchun yoki muammoni mustaqil hal qila olmasangiz, muhandisimiz tashrif buyurishini rasmiylastirish uchun STPga murojaat qiling.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Menda Internet ishlamayapti, nima qilishim kerak?
      Siz har doim kechayu kunduz ishlaydigan texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Agar bu oyda mening abonent to'lovim oyning ohirgi kuni yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovim qachon hisobdan yechiladi?

      Abonent to'lovi yechilgan kundan qat'iy nazar, keyingi abonent to'lovi ushbu oyda qancha qancha kun bo'lsa, shuncha kundan so'ng yechiladi.

      Masalan 1. Agar abonent to'lovi 31 yanvarda yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 2 mart kuni yechiladi. ( yanvar oyi 31 kunlik)

      Masalan 2. Agar abonent to'lovi 28 fevralda da yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 28 mart kuni yechiladi. ( fevral oyi 28 kunlik)

      Masalan 3. Agar abonent to'lovi 30 aprelda yechilgan bo'lsa, keyingi abonent to'lovi 30 may kuni yechiladi. ( aprel oyi 30 kunlik)

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
  • Xosting va domen nomlari
  • Korporativ foydalanuvchilar
  • Xizmatlarga haq to‘lash
    • Hisobni to‘ldirish uchun qayerdan Internet-karta xarid qilishim mumkin?
      Internet-kartalar joriy hisobni to‘ldirishga mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 5 000 so‘m, 10 000 so‘m, 15000 so‘m, 20 000 so‘mlik kartalar mavjud. Toshkent pochtasi, «Kontinent» SKM binosida joylashgan bosh ofisimiz kassasida yoki kompaniyaning dilerlaridan birida kartalarni xarid qilish mumkin.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Men 2 dollar to‘lashim kerak, lekin kartochkaning minimal narxi 5 000 so‘m. Nima qilay?
      5 000 so‘mlik kartochkani xarid qiling va uning yordamida hisobingizni to‘ldiring. Pullaringiz yo‘qolib qolmaydi, boz ustiga dollar ekvivalentida hisobga yoziladi va kurs o‘zgarishi unga ta'sir qilmaydi!

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Qanday holatlarda va qanday miqdorda men to‘lagan pullarimni qaytarishim mumkin?

      Agar shartnoma imzolangach va dastlabki badal to‘langach, biror-bir sababga ko‘ra biz sizni ulay olmasak, pul mablag‘lari to‘liq hajmda qaytariladi.

      Agar siz o‘z xohishingiz yoki Provayder aybisiz xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘qligi tufayli shartnomani bekor qilsangiz, shartnoma bekor qilingan vaqtda hisobda qolgan mablag‘ qaytarib beriladi. Bu vaqtgacha hisobdan olingan mablag‘lar qaytarib berilmaydi.

      Agar siz Provayder aybi bilan xizmat ko‘rsatishning imkoni yo‘qligi sababli shartnomani bekor qilsangiz, biz bizning aybimiz bilan aloqa yo‘qolgan vaqtda hisobingizda bo‘lgan mablag‘ni, shu jumladan (bizning aybimiz bilan aloqa yo‘qligi davrida) hisobdan olingan abonent to‘lovini sizga qaytaramiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Hisob va trafikni qanday kuzatish mumkin?
      Kompaniyaning www.sarkor.uz saytidagi Shaxsiy kabinetda. Biz kompaniya yangiliklaridan va oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun uniga tez-tez tashrif buyurishni tavsiya etamiz.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
    • Puli to‘lanmaganligi uchun Internet o‘chirib qo‘yilsa, telefon ishlayveradimi?
      Hа, telefon ishlayveradi.

      Ma'lumot foydali bo'ldimi? Ha Yoq
Javob topaolmadingizmi ? Biz bilan bog'laning !
Bizga qo'ng'iroq qiling
Yagona koll-markazi:

+998 (71)

122-00-00

122-11-11

Ijtimoiy tarmoqlarda savol bering: